Ansible nima?
#ansible #automation
Dunyodagi yirik kompaniyalar o’zlarining IT va biznes infastrukturalarini yuritish uchun ko’p serverlarga ehtiyoj sezadi. Masalan, Google kompaniyasida 2,5 mlndan ortiq, Amazaonda 1,4 mlndan oshiq — men ishlaydigan o’rta kattalikdagi kompaniya — Costco Wholesaleda 10.000dan ziyod serverlar mavjud. Har kuni yuzlab serverlar tugatiladi, yuzlab yangi serverlar quriladi va albatta ko’pchilik IT xizmatlar — dasturlar bir-biriga integratsiya qilingan. Muammo nimada? Muammo shuki, oddiy qo’l mehnati bilan minglab serverlarni nazorat qilish imkonsiz — juda qimmatga tuhadi, oddiy ishni amalga oshirish uchun ko’p vaqt-resurs ketadi. Shuningdek, xavfsizlik jihatidan ham katta xavf vujudga keladi. Shu boisdan server boshqaruvini avtomatlashtirish maqsadida turli dasturchilar turli dasturlarni yaratishgan. Shulardan eng yiriklari — Chef, Salt, Puppet va Ansible.
Ansible ular orasida eng yosh tizim hisoblanadi. Ansible 2012-yilda yaratilgan bo’lib, keyinchalik ochiq kodli dasturiy ta’minot tizimlarini ishlab chiqish bilan mashhur bo’lgan RedHat kompaniya tomonidan sotib olingan. (O’zbekistonda RedHat mahsuloti bo’lgan Centosni ko’pchilik dasturchilar yaxshi tanishadi). Shundan buyon Ansible RedHat tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda.
Ansiblening o’ziga xos xususiyatlari nimada?
Ansible qisqa vaqtda server boshqaruvi olamida katta obro’ga erisha oldi. Bunga sabab u taklif qilgan imkoniyatlarda. Ansiblening boshqa raqobatchilariga qaraganda ustunliklari:
agentless - agentsiz (servelrga ulanish, faoliyat ko'rsatish uchun mijoz serverda alohida agent dastur o'rnatishni talab qilmaydi);
o'rganish oson (Ansible asosan inson oson o'qib tushunishi mumkin bo'lgan, YAML dasturlash tilidan foydalanadi, Masalan, Puppet PuppetDSL (Ruby asosida yozilgan)dan foydalanadi);
kuchli jamoa (raqobatdoshlar orasida ansible eng yosh bo'lsa-da, qisqa vaqtda ko'ngillilar ko'magida katta baza yaratildi - 1000dan ortiq modullar, rollar va hkz)
Bunday ma'lumtolarni ko'plab keltirish mumkin. Quyidagi prezentatsiyada bu haqida ma'lumot berilgan.