Ochig'i bilmadim, nega bu kitob - umuman Sergey Dovlatovning yozish uslubi yoqganini. Balki qariyb 4 yildan buyon muhojir bo'lib yashayotganimiz, Dovlatov ham Sobiq ittifoq davlatidan kelgani, xotiralar o'xshash bo'lgani uchundir.
Ikki taqdir: har ikkisi ham shaxmat bilan ilinj o'laroq shug'ullanishgan. Biri uchun hayotda o'z o'rnini topishning yagona vositasi, Ikkinchisi aqldan ozmaslik uchun oxirgi yupanch bo'lgani uchun shaxmat o'ynagan.
Bu kitobda ko'pchilik takror-takror beradigan savollarga pragmatik usulda javob berilgan. Masalan, quyidagi savollar bor:
Ushbu leksiyada Erik Migikovskiy tadbirkorlar o'z mijozlari/ foydalanuvchilar bilan qanday aloqa qilishi kerakligi haqida ma'lumot beradi.
Sample questions and answers for EX180. This exam was created by someone. I found on the internet. This SAMPLE exam is based on exam objectives, doesn't contain any questions related to real exam. This's educational purposes only. Sample exam questions can be found HERE.
"Akademnashr" nashriyotining rahbari Sanjar Nazarning intervyusi Jianna Molinarining "Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin" kitobini o'qishimga sababchi bo'ldi. Asar hali rus tiliga tarjima qilinmasdan burun, nemis tilidan to'g'ridan-to'g'ri o'zbek tiliga tarjima qilinibdi.
Yaqinda juda ko'p "hayp" qilingach, Komil Allamjonov "yozgan" deya e'tirof etilgan kitobni topib o'qidim.
Yaqinda yangi ishga joylashish uchun yirik kompaniyalardan birining bosh ofisiga suhbatga borishimga toʻgʻri keldi. Toʻliq tasavvur hosil boʻlishi uchun aytaman: u kompaniya AQSHdagi eng yirik 15 kompaniyadan biri, yillik umumiy daromadi 140 milliard dollardan oshiq. (Taqqoslab koʻring, Oʻzbekistonning YAIMi (yalpi ichki mahsuloti) 48 milliard dollar.)
Ushbu maqola Naval Ravinkant podkasti asosida tayyorlangan. Ingliz tilidagi podkastni ushbu manzildan tinglashingiz mumkin.
Naval Ravikant - bir qancha kompaniyalarga sarmoyadori(Uber, Twitter va boshqalar), Angelist kompaniyasining asoschisi. U o'zining qisqa, ammo mulohazali twitlari bilan mashhur. Bu podkastlari seriyasi "Qanday qilib (omadga tayanmaga holda) boy bo'lish mumkin?"( How to get rich (without getting lucky)deb nomlanadi.
Men ishlaydigan kompaniyaning xodimlariga bergan imkoniyatlaridan biri - bepul ta'lim olish imkoniyati. Kasbim "System Administrator" bo'lganligi sababli kompaniya RedHat onlayn ta'lim platformasining a'zoligini olib bergan. Doimiy o'z ustida ishlash, o'rganish har qanday professional kasb egasi uchun muhim, shu boisdan men ham bu imkoniyatdan unumli foydalanishni reja qildim. Aks holatda RedHat ta'lim portali ko'pchilikka qimmatlik qiladi.