Sergey Dovlatov: "Chemodan"
Ochig'i bilmadim, nega bu kitob - umuman Sergey Dovlatovning yozish uslubi yoqganini. Balki qariyb 4 yildan buyon muhojir bo'lib yashayotganimiz, Dovlatov ham Sobiq ittifoq davlatidan kelgani, xotiralar o'xshash bo'lgani uchundir.
Gohida hayol surib, o'ylab qolganda, tabiiy ortda qolgan qishloq, Vatan bilan bog'liq xotiralarni eslayman. Yo'q, deyarli hech qaysi "ajab" deydigan emas, ammo qumsash kayfiyati bor. Ishonchim komilki, har bir muhojirning ana shunday "Chemodan"i bor. Sergey Dovlatov ham birimiz ekanligi asarni menga yoqishiga sababchi bo'lgan bo'lsa kerak.
Muallif "Chemodan"idan topilgan har bir buyum bilan bog'liq xotiralarini hikoya tarzida yozgan. Hammasi oddiy, juda sodda - ammo qandaydir ko'ngilga yaqin. Muallifni yutug'i ham shundadir.
"Har bir kitobda ma'no bor. Hatto jiddiy bo'lmagan, chemodan kabilarida ham"
Sergey Dovlatov
Hayotimizdagi har bir buyum qandaydir ma'noda o'tib borayotgan umrimiz bosqichlarini ko'rsatib turadi. Buyumlarga qarab xotiralar esga keladi. Balki biz o'tib ketganimizdan keyin yaqinlarimiz ortimizdan qolgan buyumlarga qarab hayotimizga baho berar...
Jo'nab ketayotgan har bir odam uchta chemodan olib o'tishi mumkin. Belgilangan norma shunaqa. Vazirlikning maxsus farmoyishi bor ...
Bir haftadan keyin buyumlarimni joylay boshladim. Shunda ma'lum bo'ldiki, menga bor-yo'g'i bitta chemodanning o'zi yetib ortar ekan. O'zimga rahmim kelib yig'lab yuborishimga sal qoldi...
O'tgan davrda erishganlarimiz ko'zimizga ko'p ko'rinadi, dunyolarni o'zgartirganimizni da'vo qilamiz. Aslida esa, bor yo'gimiz bir chemodanlik.
Oddiy, kichik yumorga boy hikoyalar orqali 70 yillik Sovet ittifoqidagi holat,jamiyat hayoti juda chiroyli tasvirlangan. Voqealarning hayotda aynan sodir bo'lgan yoki bo'lmaganini bilmadim, muallifga ayon. Ammo tasvirlar meni hayolimdagi, hayotda eshitgan xotiralarimga mos keladi. Qolaversa bugungi kundagi hayot ham juda ko'p o'zgarmagan.Ayniqsa davlat miqyosidagi yolg'on, hamma xatoligini sezib turib qilinadigan ko'zbo'yamachiliklar... Faqat hozir butun ittifoq miqyosida emas, kichik davlatlar miqyosida
- Hademay Konsitutsiya kuni keladi. Shunga bag'ishlab o'n beshta ocherk bermoqchimiz. Har bir ittifoqdosh respublikadan bittadan. Har xil xalqlarning vakillarini qamrab olmoq kerak.
- Ruslar masalasida qiyinchilik yo'q. Ukrainlar ham yetib ortadi. Gruzinni tibbiyot akamediyasidan topdik. Go'sht kombinatidaozarbayjon bor ekan. Hatto moldovan ham topildi. Raykom komsomolda qo'riqchu ekan. Lekin o'zbek, qirg'iz, turkmanlardan yolchimayapmiz. O'zbekni qayerdan topsam ekan-a?
Hajm jihatdan kichik kitob, oson o'qishli. Odam qanday tugatganini bilmay qoladi. Vaqtingiz bo'lganda albatta o'qishni tavsiya qilaman. Kitobning o'zbek tilida elektron shakli BU YERDA bor. Audio kitob shaklida esa BU YERDA topish mumkin.
- Negadir muallif "shuncha yil umrimni mana shu narsalarga - mutlaqo keraksiz narsalarga sarfladim" demoqchi bo'lgandek tuyuldi.
"Men bo'shagan chemodanga tikilib qoldim. Uning tubida - Karl Marks. Qopqog'ida - Brodskiy. Ularning oralig'ida esa behuda o'tgan, bebaho, yagona umr". - Hayotimizdagi ko'p shaxslar, hodisalarni - doim shunday bo'lishi kerakdek qabul qilishga o'rganib qolganmiz. Ularning naqadar bebaho ekanligini o'ylab ham ko'rmaymiz, his qilmaymiz. Yo'qotganda bilamiz