February 16, 2023

"Ozodlik" yolg'onchimi?

"Ozodlik" radiosining internetning o'zbek segmentida "asr surishtiruvi" deya qaralayotgan materiali e'lon qilingach, hukumat tomonindan 3-4 bloger va faollar bilan suhbat o'tkazib, "Ozodlik"ning iddaolarini yolg'on, navbatdagi fitna deyishmoqda. Ushbu blogpostda internetda mavjud va surishtiruvda e'lon qilingan hujjatlarga asoslanib, o'z nuqtayi-nazarimdan javob topishga harakat qilaman. Zero, "har bir o'zbek farzandi fikrini bildirishga haqli" :)

O'zbekistonda neft va konlari nechta va ularga kimlar egalik qiladi?

kun.uz'ning maqolasida aytilishicha, O'zbekistonda 295 ta neft-gaz koni bor. Shundan 118 tasi – 40 foiziga “O‘zbekneftgaz” (davlat) egalik qiladi. Qolgan 176 tasi qo‘shma korxonalar va xorijiy kompaniyalarga tegishli.

Bu yerda umumiy qilib, neft-gaz koni deb aytilgan, konlarning hajmi, har birida mavjud nef-gaz zaxirasi haqida ma'lumotlar mavjud emas.

Yevropa Ittifoqi buyurtmasi bilan tayyorlangan "Uzbekistan 2022: Enegry Policy review" hisobotida konlar soni keltirilmagan bo'lsa-da, unda SANEG (Sanoat Energetika Guruhi - sobiq "Jizzakh Petorlium" - oxiri Baxtiyor Fozilovga boradigan kompaniya)ning birgina o'zi neft konlarining 80%i, gazning 20%ga egalik qilishi aytilgan.

Jadvalda ko'ringanidek asosiy neft konlari "SANEG"ga tegishli

Xullas, agar IEA("International Energy Agency")ning hisobotiga tayanadigan bo'lsak, O'zbekiston (davlat nomidan "O'zbekneftgaz") O'zbekistondagi gaz zaxiralarining 75%iga, neft konlarining esa 25%ga egalikni saqlab qolmoqda.

Masala faqat konlarmi? Gaz infrastrukturasi kimning "qo'lida"?

Ayni vaqtda O'zbekistonda 2 ta yerosti gaz saqlash ombori mavjud:

Manba
  1. "GAZLI GAS STORAGE" qo‘shma korxonasi (2017-yildagi sig'imi - 3 mlrd kubmeter bo'lgan. 2019-yilda 10 mlrd kub meterga oshirilgan)
  2. Xo'jaobod gaz ombori (sig'imi - 900 million kubmeter).

Xullas ayni vaqtda O'zbekistonda mavjud yerosti gaz ombori hajmi - 11 mlrd kub meter. Shundan 10 mlrd kub meter "GAZLI GAS STORAGE" qo‘shma korxonasi hisobiga to'g'ri keladi.

Xo'jaobod gaz omborining mulkdorini topaolmadim. "GAZLI GAS STORAGE" MCHJ ta'sischilarini esa quyida ko'rishingiz mumkin:

"Forus" kompaniyasi Rossiyada ro'yxatga olingan bo'lib, uning barcha aloqalarini USHBU HAVOLADA ko'rishingiz mumkin. Ma'umotlarga ko'ra, shunday o'ta jiddiy - xalqaro ahamiyatdagi, markaziy Osiyoda eng yirik gaz omboriga egalik qiladigan kompaniyaning 1 ta xodimi bor xolos.

Xulosa, O'zbekiston gaz infrastrukturasining yuragi bo'lgan Gazli gaz omboriga Rossiya kompaniyasi egalik qiladi.

O'zbekiston barcha neft va gaz konlarini 35 yilga bergani qanchalik haqiqat?

Ozodlikning iddaosi asosan ushbu hujjatga asoslangan:

Bu hujjat Altmax kompaniyasining 2015-2016 yil uchun tayyorlagan moliyaviy hisobotidan bo'lib, ushbu kompaniya "Natural gas Stream" MChJda 49.9% ulushga ega. ''GAS PROJECT DEVELOPMENT CENTRAL ASIA AG'' esa 0.10%. Xullas, O'zbekiston va Rossiya kompaniyalari 50%dan ulushga ega.

Bu hujjat bir kompniyaning moliyaviy hisoboti bo'lgani sababli, hukumatlar o'rtasidagi kelishuvni anglatmasligi mumkin.

Aloqador boshqa hujjat bormi?

Bor, bu o'sha vaqtdagi Energitika vaziri A.Sultanovning Xitoy kompaniyasi - CNPC (China National Petroleum Corporation)ga yozgan xatidir.

Ushbu xatdagi mazmunga ko'ra, surishtiruvda tilga olingan, tagi Rossiyaga aloqador deya ko'rilayotgan "Jizzakh Petroleum" (hozirgi SANEG) O'zbekistonda ishlab chiqarilgan gaz yuzasidan vakolatli tashkilot deb aytilgan. Xatga asos qilingan Vazirlar Mahkamasining 15.12.2019-yildagi #1002 sonli qarorida esa quyidagi band mavjud:

Bundan tashqari Prezident Sh. Mirziyoyevning Moskvaga 2017-yil 5-apreldagi tashrifida bir qancha hujjatlar imzolangan. Ularning ro'yxati: http://special.kremlin.ru/supplement/5181

Ozodlik surishtiruvida tilga olingan kompaniyalarning nomlari rasmiy uchrashuvda tilga olinganini hisobga olsak, ularning rossiya hukumatiga aloqadorligi ehtimolligi yaqin.

Maqolada tilga olingan, Ozodlik surishtiruvida mavjud bo'lmagan "International Energy Agency" hisoboti - https://iea.blob.core.windows.net/assets/0d00581c-dc3c-466f-b0c8-97d25112a6e0/Uzbekistan2022.pdf

O'zbekneftgaz faoliyati haqida "Ernst & Young" Auditi - https://webdev.ung.uz/media/allfiles/files/f04f93d871004f4f8576f7750371d09e.PDF