Obro' yoki pul emas, boylik izlang | 1- podkast
Ushbu maqola Naval Ravinkant podkasti asosida tayyorlangan. Ingliz tilidagi podkastni ushbu manzildan tinglashingiz mumkin.
Naval Ravikant - bir qancha kompaniyalarga sarmoyadori(Uber, Twitter va boshqalar), Angelist kompaniyasining asoschisi. U o'zining qisqa, ammo mulohazali twitlari bilan mashhur. Bu podkastlari seriyasi "Qanday qilib (omadga tayanmaga holda) boy bo'lish mumkin?"( How to get rich (without getting lucky)deb nomlanadi.
"Qanday qilib boy bo'lish mumkin?" tvitlar to'plami inson ongiga chuqur ta'sir qilib, juda ko'p muhokamalarga sabab bo'lgan. Ko'pchilik bu mulohazalar foydali ekanligini e'tirof etishgan. Bu tvitlari har doimgi boylikka o'ch bo'lishga rag'batlantiradigan emas, balki boylik haqida ongli fikr yuritishga undaydi. Demak boshladik.
Boylik - egasi uxlab yotganida ham o'zini-o'zi ko'paytiradigan qiymat.
Boylik, pul va obro' (maqom) o'rtasida nima farq bor ?
Boylik - bu biz xohlagan narsa. Boylik - uxlab yotganingizda mablag' topayotgan qiymatlik. Boylik bu - zavod, fabrika, robotlar. Boylik - tunda ham ishlab mijozlarga xizmat ko'rsatadigan komputer dasturi. Hattoki bankdagi pul ham, agar qayergadir sarmoya kiritilgan bo'lsa, boylikdir. Uy ham ijaraga berilgan bo'lsa, boylikning bir ko'rinishi bo'lishi mumkin (garchi u yer zavod qurishdek samarali foydalanilmayotgan bo'lsa ham).
Xullas, boylik - Naval fikricha, sohibi uxlayotganda ham ishlashdan to'xtamaydigan biznes, qiymatlik vositalar. (Ya'ni u cho'ntakdagi pul - boylik emas demoqchi)
Boylik ozodligimizni sotib olib beradi
Boylik xohlashimizga sabab - u bizga o'z ozodligimizni sotib olib beradi. Masalan, o'zingizni majburlab bo'yinboq (galstuk) taqishingiz shart emas, Har kuni o'zingiz xohlamagan vaqtda - masalan, tonggi 7 da uyg'onishingiz, ishga shoshish, tiqilinchda harakatlanishingiz shart emas. Qisqa qilib aytganda o'zingiz xohlamaydigan ishda umringiz isrof qilmaslik imkoniyatini beradi.
Demak, boylikning maqsadi erkinlikdir. Bundan boshqa narsa emas. Mo'ynali kiyimlarni sotib olish, Ferrari haydash, yoki yaxtalarda suzish, butun dunyo bo'ylab shaxsiy samolyotda kezish emas. Bu narsalar juda zerikarli va ahmoqona. Bunday mayda maqsadlar/ishlar tez zeriktiradi kishini. Asl boyikdan murod - o'zingizning suveren shaxsingiz bo'lishidir. (Men boylik - xohlamagan vaqtda xohlamagan joyda bo'lmaslik huquqi degan bo'lar edim)
Faqat haqiqatda shuni xohlaganlargina bunda erishadilar. Butun dunyo shuni xohlaydi va butun dunyo shunga intilmoqda.
Qaysidir ma'noda boylik bu raqobat. Unda raqobatlashish elementlari bor, chunki jamiyatimizda resurslar cheklangan. O'z istagingizga sarflash maqsadida bu resurslarga ega chiqmoqchi bo'lsangiz, boshqalardan ajralib turishingiz kerak bo'ladi.
Pul - boylikni qanday tartibda boshqalarga berishimiz
Pul boylikni qanday tartibda/usulda boshqalarga berishimizdir. Pul bu - ijtimoiy kredit(qarzlar). U boshqa insonlar vaqtiga ega chiqish imkoniyati.
Masalan, men yaxshi ishlasam, jamiyat uchun qandaydir qiymat yaratsam, jamiyat: "Rahmat, biz sendan qilgan ishing uchun qarzdormiz. Mana qarzdorligim haqida tilxat - xizmat haqqi deydi. Keling, shuni pul deb ataymiz".
Ushbu pullar - qarzdorlik tilxatlari kamayadi, chunki odamlar ularni o'g'irlaydilar (bir-birlaridan) Hukumatlar qo'shimcha pullar (qarzdorlik tilxatlari) chop etadi va hokazo. Xullas, biz ana shu qarzdorlik tilxatlarini bir-birimizga doimiy o'tkazib boramiz, aylantiramiz. Demak, pul - bu boylikni qanday qilib boshqalarga o'tkazishimizdir.