Öqiganlarim
October 3, 2019

The Phoenix Project : IT haqida roman

#phoeinx_project #devops #IT_revolution #

"The Phoenix Project" romani axborot texnologiyalariga bag'ishlangan dastlabki romanlardan hisoblanadi. Asar 338 sahifadan iborat.
Mualliflar: Gene Kim, Kevin Behr va George Spafford hisoblanadi.
Kitobning ahamiyati haqida bugungi kunda IT olamida yetakchi o'rinlarga ega bo'lgan shaxslar shunday fikrlar bildirishgan:

Biznes va IT sohasida faoliyat ko'rsatuvchi - murakkab IT tizimlari bilan ishlaydigan barcha rahbar 'The Phoenix Project' kitobini o'qishi kerak.
~ Jim Whitehurst - Red Hat, Inc asoschisi va rahbari
Muvaffaqiyatsiz IT loyihada ishtirok etgan har bir shaxsga ushbu kitob majburan o'qitilishi kerak.

~ Tim O'Reilly - 'O'Reilly Media' asoschisi va rahbari

"The Phoenix Project" kitobi muqovasi

Nima haqida?

Asar kichik bir jamoaning rahbari bo'lgan Bill Palmerning cho'kib borayotgan, bozorni kundan kunga raqobarchilariga boy berib, deyarli bo'linib ketish xavfi ostida turgan Parts Unlimited" kompaniyasining Vitse Prezident lavozimiga tayinlanishi bilan boshlanadi. "Parts Unlimited" avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.
Asarning ahamiyati shundaki, asar orqali mualliflar XXI asrda qaysi sohada faoliyat ko'rsatadigan kompaniya bo'lmasin, ITga e'tiborsiz bo'lish - bu muvvafiqatsizlikning kafolatidir demoqchi bo'lishgan. "Parts Unlimited" rahbari ham, kompaniyaning asosiy faoliyati - ishlab chiqarish bo'lgani bois - "zavoddan" ko'tarilib kelgan bo'lib, axborot texnologiyalari departamentiga ham xuddi qo'shimcha - yordamlashuvchi departamentdek munosabatda bo'ladi. Masalan, elektr ta'minotiga mas'ul bo'lgan texnik departamentdek. Asar boshidan oxirigacha bunday yondoshuv halokatli ekanligini uqdirishga qaratilgan.

Qahramonlar?

Bill Palmer - Bosh qahramon, vitse prezident - asar yakunida sinov asosida tayinlangan CIO (Chef Information Officer). Uning ayoli, oilasi - qo'shimcha badiiy bo'yoq uchun ishlatilgan. Asardagi boshqa qahramonlar quyidagi chizmada subordinatsiyasi bo'yicha joylashgan:

"Part Unlimited" boshqaruv jamoasi. Manba: https://www.magnusdelta.com

Nega Phoenix loyihasi?

Kitobning bunday atalishiga sabab - Bill Palmer lavozimga tayinlanganda uning zimmasiga Phoenix loyihasiga ko'maklashish buyuriladi. Ammo Phoenix loyihasi IT jihatidan xato o'ylangan, allaqachon byudjetdan tashqari juda ko'p mablag' sarflangan edi. Asar davomida Billning Phoenix loyihasiga qarshi / xatoliklarni tuzatish yo'lidagi kurashishi bilan bog'liq voqealar ro'y beradi.

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar sababli direktorlar Kengashi kompaniyani tozalash - ishlarga ko'maklashish uchun Erik Reidni yuborishadi. Erik Billga Lean usullarining ahamiyatini, Toyota Kompaniya qanday qilib samarali ishalb chiqarishga erishgani va umuman ishlab chiqarishning ITga o'xshashligini tushuntirish uchun Parts Unlimited kompaniyasining ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyuradi.

Asarda Erik Billga IT departamentni to'g'ri tashkil qilish uchun 3 yo'lni o'rgatadi:

  • Birinchi yo'l: Ish doim bir yo'nalishda ketishi kerak >>> oldinga.
  • Ikkinchi yo'l: tayyor mahsulot haqida imkon qadar mijozlar fikrini qisqa muddatda yaratish tizimini yaratish.
  • Uchinchi yo'l: Doimiy tajriba - o'rganish, usta bo'lish uchun ko'proq mashq qilish.

Birinchi yo'l

Birinchi yo'l - Biznesga xizmat ko'rsatuvchi IT jarayonlarni - 1-boqqichdan oxirgi bosqichga bo'lgan jarayonlarni imkon qadar qisqartirish nazarda tutilgan.

Bunga erishish uchun - ayni vaqtdagi (in progress) ishalrni kamaytirish, cheklovlarni (qayerda ish tiqilib qolmoqda) aniqlab olish - asarda bu qahramon enjiner Brent.

Ikkinchi yo'l

Ikkinchi yo'l imkon qadar tezroq keyingi jarayondan avvalgi jarayon haqida munosabat-fikr olishga qaratilgan (feedback loop). Asosiy e'tibor nafaqat fikr-mulohazalarni olish, balki kerakli tuzatishlarni / yaxshilashlarni tezda amalga oshirish uchun qanday qilib tez ma'lumot olish mumkinligiga qaratiladi.

Uchinchi yo'l

Uchinchi yo'l asosan o'z ustida ishlash, jamoani rivojlantirish, jamoada doimiy yangilikni o'rganish madaniyatini shakllantirihag qaratilgan.

Asarda shuningdek kompniya - IT faoliyatidagi 4 turdagi ish haqida gapiriladi:

  1. Rejalashtirilgan ishlar (planned work);
  2. Ichki loyihalar (Internal projects);
  3. O'zgarishlar va yangilashlar (Changes);

Kutilmagan ishlar (Unplanned work) - asosiy zarar keltiruvchi yuqoridagi 3 ta ishni "beliga tepadigan" ish. Imkon qadar kutilmagan ishlarni kamyitirishga intilish kerak.

ziyonotes...

  • Kuchli jamoa unda eng bilimlilar jamlanganini anglatmaydi. Jamoani haqiqiy kuchli qiladiga jihat - o'zaro ishonchdir. (A great team doesn't mean that they had the smartest people. What made those teams great is that everyone trusted one another.)
  • Kunlik ishni kamaytirish -yaxshilash - shu ishni qilishdan afzaldir (Improving daily work is even more important than doing daily work)
    - “Practice creates habits, and habits create mastery of any process or skill.”
    - Haqiqatni aytish - bu sevgidandir. Haqiqatni yashirish esa- bu nafrat belgisidir. Eng yomoni esa- befarqlik (“To tell the truth is an act of love. To withhold the truth is an act of hate. Or worse, apathy.”)
  • Asarda quyidagi kitoblardan iqtiboslar - parchalar bor : The Goal - Eliyahu M. Goldratt;
    Five Dysfunctions of a team - Patrick Lencioni
    Lean Satrup - Eric Ries

    Ushbu kitob badiiy tasvir orqali bayon qilingan, Kitobning ramziy ikkinchi qismi - yangi kitob - "Devops handbook" texnik jihatlarini yoritiadi.

Keyingi kitob muhokamasida ko'rishguncha ...