Allamjonov aybdor: iqrornomami yoki o'zi-o'zini olqishlash?
Yaqinda juda ko'p "hayp" qilingach, Komil Allamjonov "yozgan" deya e'tirof etilgan kitobni topib o'qidim.
Kitob yozishilish uslubi menga Janubiy Koreyaning sobiq Prezidenti Li Myon Bak ning «Mo'jiza sodir bo'lmaydi» kitobini yodga soldi. Hajm jihatdan ancha kichik bo'lsa-da, o'xshash uslub.
Kitobni nomini o'qib, "mana endi mazza qilib Allamjonovning iqrornomasini o'qish vaqti keldi, yashasak ko'raverarkanmizda" degan hayol keldi ;) Muallifning o'zi esa kirish qismida kitobni yozishdan maqsad "yoshlarga motivatsiya berish, tanish-bilishsiz natijalarga erishish mumkinligini ko'rsatish" sifatida bayon qilgan.
Kitobning boshlanishida muallif biroz o'zini ayblashga ham haddi siqqan bo'lsa, kitob oxiriga borib "gapirish ohangi" "men zo'rman, aqlliman"ga o'zgarib boradi.
Muallif butun kitob davomida hayotida erishgan barcha "muvaffaqiyatlari" ortida o'zining salohiyati, mehnati yotganini, hech qanday "tankalar", "davlat yordami" turmaganini iddao qiladi. Ushbu da'voga baho berishdan avval Allamjonov hayoti xronikasidagi ba'zi voqealarni eslab o'taylik:
- Komil Allajmonov 18 yoshida FVVda Bosh mutaxassis bo'lib ishlagan (Universitetni tugatmasdan turib)
- 21 yoshida DSQ axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanadi (21 yosh - oliy ma'lumotga ega bo'lmasdan);
- Soliq qo'mitasining RASMIY nashri sifatida e'tirof etilgan "Soliq info" gazetasi xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan, ixtiyoriy-majburiy tarzda obuna qilingan. (Ha, muallif ixtiyoriy edi va hkz. gaplar bilan kitobda o'zini qolashga uringan - ammo o'sha yillarning guvohi bo'lgan tadbirkor sifatida aksini eslayman )
- "Buxgalterga elektron madad" (BEM), "Avtotest", "Pomidor Entertainment", MilliyTV va hkz. kompaniyalar Allamjonovga tegishli.
Yuqoridagi kompaniyalar, korxonalar, qilingan ishlarni o'qigan o'quvchida "Allamjonov juda bilimli, salohiyati kuchli shaxs ekan" degan tasavvur paydo bo'ladi. Ammo kitobda keltirilgan quyidagi satrlarni o'qisangiz kontrast tasavvur paydo bo'ladi:
Men oʻqimoqchi boʻlgan OʻzMU jurnalistika fakultetiga kirish qiyin, konkurs katta edi. Kirishimga koʻzim yetmadi, tinchgina Sanʼat institutining rejissorlik fakultetiga hujjat topshira qoldim.
Men eslayman, abituriyentlikning 1-yilida bilimiga ishonganlar odatda eng yuqori universitetarga topshirar edi. Demak, Allamjonov o'sha vaqtdan beri juda uddaburon bo'lgan ekan ;)
Undan oldin atigi bir yil kunduzgi boʻlimda oʻqib, keyin oʻqishni Sanʼat instituti sirtqi boʻlimida davom ettirganman. OʻzMUning iqtisodiyot fakultetida ham sirtdan oʻqiganman.
Sirtqi kurlarda o'qish qanday bo'lishini O'zbekiston ta'lim tizimidan xabari bor barcha biiladi ;)
... oddiy til oʻrgatadigan kurslarda oʻqib kelib, Garvardni bitirganman, deb hammaga maqtanarmishman... Ha, bu rostdan ham xohlagan odam pulini toʻlab qoʻyib, kirishi mumkin boʻlgan kurslar edi.
Yolg'on baribir yolg'on. Hozir ham Wikipediaga kirib qarasangiz, yoki Allamjonov Garvardni tugatgan degan yozuv turibdi :)
Toshkentda ingliz tili oʻqitadigan oʻquv kurslarini ochib qoʻygandim. Ikki mamlakatning soatlari oʻrtasidagi tafovut menga juda qoʻl keldi. Uyga berilgan topshiriqlarni Toshkentga joʻnatardim. Bu yerda vazifalarimni bajaradigan guruh tuzdik. Toʻrt kishi hafsala bilan ingliz tilida esse yozar, keyin gap nima haqida ekanini sal boʻlsayam
tushunishim uchun, uning tarjimasini ham yuborishardi. Darsda beriladigan savollarga javoblarni ham tayyor yozib joʻnatishar, yaxshilab yodlab olsam boʻlgani.
Bilmadim, odam oddiygina til kursida berilgan topshiriqni o'zi bajaraolmaydigan darajada bo'lishi uchun bilimsizlik darajasi qancha bo'lishi kerak?!
Kitobda bahsli o'rinlar juda ko'p. Ba’zida muallif yomonlik, noto'g'ri ish, qoidabuzarliklarini ham oqlab, yutuqdek ko‘rsatmoqchi bo'ladi. Ya'ni muallif xatosini tan olgan emas, aksincha shu ishim to'g'ri demoqchi bo'lgan o'rinlar juda ko'p. Jumladan, monopoliyaga qarshiligini bayon qilib, "Avtotest" lobbizm asosida VMning qarorini chiqartirganini bilib-bilmay oshkor qilgan bo'lsa-da, o'zining afsusini bildirmaydi, balki ayni vaqtda maktab darsliklari ustida ishlayotgani, kelajakda maktab darsliklari shunga o'xshash uslubda sotilishi ehtimolligini ham "qistirib" o'tadi.
Tahlil qilsa bo'ladigan o'rinlar ko'p. Kitob mazmunini qisqa satrda bayon qilsak: muallifning o'zini va boshqalarni"oqlovnomasi" va boshqalar olida o'zini ko'rsatishga, ishonchni qayta oqlashga bo'lgan urinishidir.
Hayot, odamlar faqat oq va qora ranglardangina iborat emas. Biz har qanday odamni baholaganda yo uni maqtab, farishtaga aylantirib yuboramiz, yoxud qoralab qarg‘ab,
qora yerga kiritib tashlaymiz. O‘rtaliqni tan olmaymiz. Har qanday inson birinchi
navbatda banda. Banda sifatida o'zini oqlash huquqiga ega.
ziyonotes:
- Kitob haqiqatda oson va sodda tilda yozilgan; O'qilishi oson, toki tugatmaguncha o'quvchini qo'yib yubormaydi.
- Kitobdan ko'zlanmgan maqsad tushunarsiz (balki kitob nomi va kontekst bir-biriga mos kelmayotgani uchun shunday tuyulayotgandir menga) - ong qandaydir iqrornomani o'qishga tayyorlanadi-yu, muallif bor-yo'g'i "men shunaqa zo'rman" deyayotgandek fikr paydo bo'ldi
- Ozgina haqiqat qo'shilganiga aldanib, butun gap haqiqat deb ishonib qolmaslik kerak;
- Muallif da'vo qilgandek motivatsion kitob emas, shunchaki muallif o'zini-o'zi madh qilishga uringan xolos.
- Yoshlar, motivatsiyani munosib kishilardan olaylik ;)