Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin
"Akademnashr" nashriyotining rahbari Sanjar Nazarning intervyusi Jianna Molinarining "Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin" kitobini o'qishimga sababchi bo'ldi. Asar hali rus tiliga tarjima qilinmasdan burun, nemis tilidan to'g'ridan-to'g'ri o'zbek tiliga tarjima qilinibdi.
Asar yozilishi jihatdan boshqacha uslubda. Kitob distopiya* janrida yozilgan, insonning ichki olamini ochib berishga harakat qiladi. Hajm jihatdan kichik kitob.
Syujet
"Spoiler" qilishdan yiqorman, ammo mazmunini tushunish uchun asar qamrovini bilish muhim. Roman ismi ham noma'lum bo'lgan qahramonning eski, yopilish arafasida turgan karton ishlab chiqaradigan fabrikaga tungi qorovul bo'lib ishlashi va ishlash jarayonida hayolidan kechadigan o'ylardan iborat. Hayoliy illustratsiyalarga boy. Asarda bo'ri, osmondan tushgan odam (immigrant), oshpaz, boshliq, eski korxona, hayoliy orollar singari obrazlar bor.
Nima oldim?
Biror narsani o'rgandim ham o'rganmadim ham deyaolmayman ochig'i. Lekin nimasidir yoqdi, tarjima ham yaxshi qilingan. Balki psixologlar, adabiyotshunoslar yanada yaxshiroq tushunsa kerak. O'zbek adabiyotida bu singari asar o'qimaganman.
Asarda syujet jihatdan bir-biriga bog'lanmagan voqealar, obrazlar ko'p: hayoliy orollar, bo'ri, samolyot, qulab tushgan odam. Muallif bular orasidagi mantiqiy bog'lanishni o'quvchining o'ziga qoldirgandek. Kitobning nomidan ham ma'lumki, "bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin".
Odatda biz voqealar rivojiga asoslangan asarlarni o'qishga, voqealarni eshitishni odatlanganmiz. Ammo inson hayolotini, o'ylarida nimalar sodir bo'layotganini ifodalaydigan asarlar ko'p emas. Bu asar shunday kamsonlilardan desak bo'ladi. Shu jihatdan menga "Jinoyat va jazo"ni ham eslatib yubordi.
Osmondan tushgan odam (katta ehtimollik bilan Yevropaga yashirincha kirish uchun samolyot shassisida muzlab qolgan afrikalik qochoq) obrazi orqali Yevropada vujudga kelgan immigratsion inqirozni ham ochib bergandek.
2020-yilda COVID-19 pandemiya odamlar o'ylashi, fikrlashi uchun majburiy fursat berdi. Kitob shu davr muhitiga moslab chiqarilgandek. Har holda men pandemiya sababli karatinda yashashga majbur bo'lgan, turli hayollarga berilgan odam bilan bosh obrazni taqqoslagandek bo'ldim.
Oddiy o'quvchiga zerikarli tuyulsa kerak. Kitobni o'ib bo'lib, "nima dedi, nima bo'ldi?" deb tushunmasdan qolsangiz, bilingki siz yolg'iz emassiz ;) Menimcha ko'rpoq adabiyotshunoslar yoki distopiya janri muxlislariga ko'proq ma'qul kelar, balki.
ziyonotes:
- sokin ruhda yozilgan, oxirigacha o'quvchini "bu zumboqlar ostida nima yashiringan degan" savol ostida ushlab turadigan, (sodda) aniq javoblar berilmagan kitob;
- Hayotimizdagi voqealar rivojida har narsa bo'lishi mumkin, hikoyalardagidek;
- Xuddi bo'rining hayoti biz uchun qanday ahamiyatga (arzimas) ega bo'lsa, biz ham global miqyosda shunday ahamiyatga (arzimas) egamiz.
Iqtibos:
- "Ko'zga ko'rinadigan chegaralar bor - o'rmon, yer va suv, nur va soya, sex devorlari va fabrika panjaralari. Ularni osongina ajratish mumkin. Ammo shunday chegaralar borki, ular ko'zga ko'rinmaydi".
- "Men to'rtburchak ichida yashashga o'rganib qoldim, Kimdir dunyo to'rtburchak deydigan bo'lsa, bunga bajonidil ishongan bo'lar edim."
* Distopiya - barkamol yashashga boʻlgan istagi bilan barcha aholi uchun salbiy tendensiyalar paydo boʻladigan holatni yoki dunyoni tasvirlaydigan badiiy janr.