AnsibleFest - 2019
#ansiblefest #atlanta #ansible2019 #serverboshqaruvi #avtomatlashtirish
Sobiq yuristlik kasbidan IT sohasiga o’tganimdan buyon 1-marta professional IT konferensiyada qatnashdim, qolaversa bu AQShdagi hayotimiz davomida birinchi marta ishtirok etgan professional sohaviy konferensiya bo’lgani bois tasavvurotlar bilan bo’lishmoqchiman. To’g’risi Googledan izlab o’zbek tilida umuman ansible haqida ma’lumot topaolmadim. Shu bois bu yerda qisqacha ma'lumotnoma yozdim. (Maqolacha to'ldirib boriladi)
Konferensiya haqida
Ansible Festivali 2019-yilda Georgiya shtatining Atlanta shahrida o'tkazildi va bu Ansible tarixidagi 3-festivaldir. Konferensiya haqida batafsil bu yerda o'qing.
Men avvalgi Ansible festivallarida ishtirok etmaganman, ammo aytishlaricha bu yil eng ko'p odam ishtirok etibdi.
Nimalar o'rgandim? ziyonotes...
- Ansible Collections - Ansibleda yangi yo'nalish namoyish etildi. (Hozircha ommaviy foydalanish uchun e'lon qilinmagan - techpreview. 2019-yil noyabr oyida 2.9 versiya bilan birgalikda taqdim etiladi. Ansible Collections hozirdagi ansible rolening kuchaytirilgan shakli bo'lib, collection config fayldan tortib, playbookgacha barchasini qamrab oladi. Ansible Collections doirasidagi ayrim savol-javoblar:
- Ansible Colelctions ansible core singari bepul-opensource bo'ladimi? Ha, Ansible Collections opensource holatda bo'ladi va Ansible Galaxy orqali taqdim etiladi. Redhat ansiblening rasmiy litsenziyali obunachilariga tasdiqlangan Ansible Collections bo'yicha rasmiy texnik yordam ko'rsatadi.
ansible-galaxy collection
buyrug'i bilan Collections boshqariladi. Avvalgi Mazerdan foydalanmaslik kerak.
- RedHat Ansible Automation Platform - Bu Redhat tomonidan yirik kompaniyalar uchun taqdim etiladigan yangi mahsulot. U Red Hat Ansible Engine, Red Hat Ansible Tower va Red Hat Ansible Network Automationni o'zaro birlashtirib, Certified Content Collections, Automation Hub, Automation Analytics xizmatlarini taklif etadi.
- Dynamic inventories - API va Python yordamida kimdir yaratishini kutmasdan dynamic inventorylar yaratish mumkin. ServicenNow uchun dynamic inventory Githubda mavjud.
- Qiziq statistik ma'lumotlar - Greg Sutcliffe (Gwmngilfen), RedHatda data scientist. - statistik ma'lumotlarni berdi - ko'pchiligi ushbu manzilda mavjud.
- Geerlingguy bilan tanishuv - Jeff Geerling "Ansible for Devops" kitobining muallifi, Ansible Galaxyda eng sifatli ansible rolelarni yaratgan shaxs. Ansibleni biladiganlar albatta geerlingguyni tanishadi.
Eng mashhur mualliflar statistikasi
geerlinguy
tomonidan yaratilgan rollar qolgan hamam tomonidan yaratilgan rollardan ham ko'proq yuklab olingan.
Hayron qoldigan holat shu bo'ldiki, Jeff juda sodda, kamsumuq ekan. Butun jamiyatga shunday hissa qo'shib turib, shunchalik kamtarligiga havas qildim.
Xulosa: Server boshqaruvi kelajagi ansiblesiz bo'lishi qiyin. O'rganadigan yangiliklar ko'p - shu bilan birgalikda umumiy bilimlarni olishdan tashqari imkon qadar Infrastructure boshqaruvining bir sohasiga asosiy e'tiborni qaratish kerak. Bu borada ansible yaxshi tanlov.
Rasmlar: